яхшимасми Текст песни – Райхон
Lyrics
Sen yonimdan ketar bo’lsang vafo qilmay,
Gar bag’rimni o’yar bo’lsang
parvo qilmay,
Qiynasa ham necha senga jafo qilmay,
Tushlarimda ko’rib yursam yaxshimasmi?
Men bir seni o’ylaymanda o’zim qolib,
Asray deyman , yashay deyman darding olib,
Hajringda ham yonib-kuysam telba bo’lib,
Sen shunday yomon sevsam yaxshimasmi?
Sevmasang ham seni yomon ko’rganimdan.
Sen haqingda xayol sursam yaxshimasmi?
Aytgin axir nafratlanib yurganimdan.
Sen yomonni yaxshi ko’rsam, yaxshimasmi? (2x)
Ey, bag’ritosh hijronlarda, zor qilsang ham,
Ko’zlarimga bu dunyoni tor qilsang ham.
Yuragimda armonlarni bor qilsang ham,
Sen yomonni yaxshi ko’rsam, yaxshimasmi?
Men bir seni o’ylaymanda o’zim qolib,
Asray deyman , yashay deyman darding olib,
Hajringda ham yonib-kuysam telba bo’lib,
Sen shunday yomon sevsam yaxshimasmi?
Sevmasang ham seni yomon ko’rganimdan.
Sen haqingda xayol sursam yaxshimasmi?
Aytgin axir nafratlanib yurganimdan.
Sen yomonni yaxshi ko’rsam, yaxshimasmi? (2x)